#hamkorlik ANGREN VA YAPONIYA HAMKORLIGI: XALQARO MEHNAT BOZORI UÇUN YANGI IMKONIYATLAR SARI
2026-11-03 18:00:00 / Yangiliklar

#hamkorlik
ANGREN VA YAPONIYA HAMKORLIGI: XALQARO MEHNAT BOZORI UÇUN YANGI IMKONIYATLAR SARI
Davlatimiz rahbarining mehnat migrasiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazgan videoselektor yiğilişida belgilab berilgan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida Angren şahrida ham qator amaliy işlar olib borilmoqda.
Xususan, mehnat migrasiyasi sohasini rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş, xorijiy davlatlarda munosib va xavfsiz mehnat faoliyatini amalga oşirişlari uçun zarur şaroitlar yaratişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, yoşlar va işsiz fuqarolarni zamonaviy kasblarga öqitiş, ularning xorijda munosib iş örinlariga ega bölişini ta’minlaş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu borada Yaponiya bilan yölga qöyilgan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun Angren şahar hokimi Alişer Rayimov, hokim örinbosari Azizbek Parpiyev, şahardagi texnikumlar rahbarlari hamda Yaponiya vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Unda Quriliş sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlaş markazida «Uzbekistan Proud Academy» loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar, Yaponiya mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlaş, kasbiy ta’lim sifatini oşiriş hamda özaro hamkorlik kölamini yanada kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şahar hokimi Alişer Rayimov Yaponiya vakillari tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslar bilan tanişib, ularni amalga oşiriş yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Xususan, texnikumlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş, yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş, xorijiy iş beruvçilar ehtiyojidan kelib çiqib, malakali mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatladi.
Şuningdek, mavjud kasbiy ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, öquvçilarning xorijiy tillarni özlaştirişi, kasbiy könikmalarini rivojlantirişi va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş kadrlar sifatida şakllanişi muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi. Qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4962-son qarori hamda Migrasiya agentligining tegişli topşiriqlari ijrosi doirasida Angren şahrida xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan fuqarolarni kasb-hunarga öqitiş, xalqaro standartlar asosida malakasini oşiriş va xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlikda işga joylaştiriş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda.
«Uzbekistan Proud Academy» — xalqaro hamkorlikning amaliy ifodasi
Migrasiya agentligining 2026-yil 26-yanvardagi 01/14-681-son xati asosida Yaponiyaning «Proud Partners» kompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan «Uzbekistan Proud Academy» mazkur yönalişdagi muhim loyihalardan biri hisoblanadi. Akademiya 2026-yil 16-fevraldan faoliyat boşlagan bölib, Yaponiya mehnat bozori uçun logistika yönalişida yuk avtomobillari haydovçilarini tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Öquv dasturi 8 oyga möljallangan. Ayni paytda akademiyada 130 nafar fuqaro tahsil olmoqda. Ularning 45 nafari belgilangan muddatdan oldin JFT-Basic/JFTA2 hamda Tokutei Ginō-1 yönalişlari böyiça tegişli sertifikatlarni qölga kiritgan. Akademiya rahbari Kobayaşi Sayunaga, markaz boşliği Abduraşid Ergaşev hisoblanadi. Markazda jami 16 nafar xodim, jumladan, 3 nafar Yaponiya vakili, 10 nafar özbekistonlik öqituvçi hamda 3 nafar xizmat körsatuvçi xodim faoliyat yuritmoqda. Loyihaning amaliy natijalari ham e’tiborga molik. Hozirda 5 nafar fuqaroning vizalari tayyor bölib, ularni 2026-yil noyabr oyida Yaponiyaning «Hitaçi» kompaniyasiga yuk avtomobillarini boşqariş yönalişida işga yuboriş rejalaştirilgan.
Manfaatli muloqot — yangi istiqbollar sari muhim qadam
Uçraşuv davomida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va bildirilgan takliflarni amaliy jihatdan röyobga çiqariş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar. Şahar hokimi tomonidan Yaponiya vakillarining taşabbuslari qöllab-quvvatlangani, texnikumlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş va yoşlarni kasbga yönaltiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgani uçraşuvning muhim jihatlaridan böldi. Samarali va manfaatli keçgan uşbu muloqot Angren şahrida kasbiy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş, yoşlar bandligini ta’minlaş, fuqarolarning kasbiy salohiyatini oşiriş hamda Yaponiya bilan özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş yölida muhim qadam böldi.
Angren şahar hokimligi Axborot xizmati
