“AYOL QADRI ULUG‘LANGAN YURT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
2026-11-02 10:15:00 / Yangiliklar

“AYOL QADRI ULUG‘LANGAN YURT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
Angren şaharining “Bobotoğ” mahallasida Oila va xotin-qizlar bölimi tashabbusi bilan “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda özbek xalqining milliy urf-odat va an’analari keng namoyish etildi.
Mahalla faollari, oqila ayollar hamda faol xotin-qizlar ishtirokida ijro etilgan xalq laparlari, “Alla” marosimi va ösma qo‘yish udumi yig‘ilganlarga milliy qadriyatlarimizning o‘ziga xos jihatlarini namoyon etdi.
Tadbirda Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Normirzayeva hamda Angren shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mavluda Abduraxmonova ishtirok etdilar.
Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faollari, tadbirkor ayollar, “Oqila ayollar harakati” a’zolari va nuroniylar bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etish, oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Angren şahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I YouTube| 📱
