Angrenda yirik investisiya loyihasi muhokama qilindi
2026-10-23 18:35:00 / Yangiliklar

Angrenda yirik investisiya loyihasi muhokama qilindi
Angren şahar hokimi Alişer Rayimov va hokim örinbosari Jasur Zayniddinov «ARROW HOME GROUP» kompaniyasi işbilarmon doira vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida Angren şahrida santexnika mahsulotlari va uy-rözğor buyumlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yirik investisiya loyihasini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Şahar hokimi xorijiy investisiyalarni jalb etiş uçun Angrenda yaratilgan şaroitlar, Xitoy Xalq Respublikasi işbilarmonlari bilan hamkorlikda yölga qöyilgan loyihalar xususida töxtalib, xorijiy investorlarning yangi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
Umumiy qiymati qariyb 300 million AQŞ dollariga baholanayotgan mazkur loyihani bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va mahsulotlarni eksportga yönaltiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Loyiha amalga oşirilişi natijasida şaharning sanoat salohiyatini oşiriş, yangi iş örinlarini yaratiş hamda iqtisodiy rivojlanişga hissa qöşiş közda tutilgan.
Angren şahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I YouTube| 📱
