“Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi”
2026-10-21 17:30:00 / Yangiliklar

“Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi
Angren shahrida yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda munosib ish o‘rinlariga joylashishiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bugun Angren shahar hokimligida shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida “Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Unda shahar prokuraturasi, shahar Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bekzod Shomurzayev, hokim o‘rinbosarlari Jasur Zayniddinov va Azizbek Parpiyev, shuningdek, korxona va tashkilotlar hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvga oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar taklif etildi.
Muloqot davomida shahar hokimi Alisher Rayimov mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini namoyon etishi, kasb-hunar egallashi hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, Angren shahrida ham mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi va ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirishga qaratildi.
“Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” — yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam
Angren shahar hokimligida tashkil etilgan “Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan samarali tadbir bo‘ldi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish va kelgusidagi rejalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yuzma-yuz muloqotlar davomida jami 60 nafar yigit-qizning murojaatlari tinglandi. Ularning bandligini ta’minlash maqsadida tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ishga joylashtirish bo‘yicha yo‘naltirildi.
Muloqot yakunida o‘ndan ziyod yigit-qizning bandligi ta’minlandi. Bu esa yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon etishi, mehnat faoliyatini boshlashi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi yo‘lidagi muhim amaliy natija bo‘ldi.
