Fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-10-20 17:15:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Angren shahrida fuqarolar bilan shaxsiy qabullar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Xususan, Angren shahar hokimi hamda uning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har hafta shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi shaxsiy qabul Angren shahar hokimi o‘rinbosari Sardor Mirzamiddinov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolardan jami 4 ta murojaat kelib tushdi. Fuqarolar tomonidan asosan kommunal sohaga oid masalalar, jumladan, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar hamda suv tarmoqlaridagi eskirgan quvurlarni almashtirish yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlarning ijrosi mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.
Murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali hal etilishini ta’minlash maqsadida ularning ijrosi mas’ullar nazoratiga olindi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I YouTube| 📱
