Angrenda sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari o‘rganildi
2026-10-17 13:25:00 / Yangiliklar
«Obod qishloq va obod mahalla» investitsiya dasturi doirasida Angren shahrining «Xakkarman-Yangi Jigariston», «Yangi G‘o‘shsoy», «Do‘stlik», «Gulbog‘», «Samarcho‘g‘» va «G‘afur G‘ulom» mahallalarida tomorqa yerlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash, sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda lotoklar o‘rnatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Angrenda sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari o‘rganildi
Mamlakatimizda mahallalarni yanada obodonlashtirish, aholi turmush farovonligini oshirish va qulay yashash muhitini yaratish maqsadida qator dasturlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, «Obod qishloq va obod mahalla» investitsiya dasturi doirasida Angren shahrining «Xakkarman-Yangi Jigariston», «Yangi G‘o‘shsoy», «Do‘stlik», «Gulbog‘», «Samarcho‘g‘» va «G‘afur G‘ulom» mahallalarida tomorqa yerlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash, sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda lotoklar o‘rnatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Dastur doirasida hududlarda sug‘orish tarmog‘ida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Angren shahar hokimi Alisher Rayimov «Xakkarman-Yangi Jigariston» va «Samarcho‘g‘», «Yangi Go'shsoy» mahallalarida bo‘lib, dastur doirasida rejalashtirilgan ishlar bilan tanishdi.
Muhokamalar davomida shahar hokimi o‘rinbosari Sardor Mirzamiddinov, mahalla raislari hamda pudratchi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida belgilangan loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, hududlardagi mavjud holat va sug‘orish tarmoqlarining ahvoli joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish yakunida shahar hokimi Alisher Rayimov tomonidan mas’ullarga loyihalarni sifatli va samarali amalga oshirish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar bildirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I YouTube| 📱
