SAYYOR QABUL BO'LIB O'TDI
2026-10-17 09:45:00 / Yangiliklar

SAYYOR QABUL BO'LIB O'TDI
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov tomonidan “Do‘stlik” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tinglash va ularning yechimini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida mahalla aholisi o‘z murojaatlari, taklif va muammolarini bildirdi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berishga alohida e’tibor qaratildi.
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida “Do‘stlik” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i S. Anarboyev, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A. Begmatov, Angren shahar prokuraturasi vakillari, shuningdek, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilashga e’tibor qaratildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I YouTube| 📱
