Shahar hokimining shaxsiy qabuli bo‘ldi
2026-10-16 18:00:00 / Yangiliklar

#shaxsiy_qabul
Shahar hokimining shaxsiy qabuli bo‘ldi
Angren shahrida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, hududga oid masalalarni ijobiy hal qilish hamda fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash maqsadida mahallalarda sayyor qabullar va Xalq qabulxonasida shahar hokimi hamda uning o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 15-oktabr kuni Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Tegishli mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan qabul davomida fuqarolardan jami 13 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarda, asosan, uy-joy bilan ta’minlash, nogironlik guruhini belgilash, bandlik, kadastr hamda moddiy yordam masalalari ko‘tarildi.
Har bir murojaatni atroflicha o‘rganish, fuqarolarning muammolarini qonuniy tartibda hal etish va ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.
