ANGREN SHAHRIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
2026-10-14 18:55:00 / Yangiliklar

ANGREN SHAHRIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
Angren shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan reja asosida Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulni Angren shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Abduraxmonova olib bordi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan oilaviy nizolarni hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda oiladagi meros masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Xususan, oilaviy nizolar bilan bog‘liq murojaatlardan biri joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal etildi. Shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatish masalasidagi murojaat hamda meros bilan bog‘liq huquqiy yordam so‘rab qilingan murojaatlar atroflicha o‘rganib chiqish uchun tegishli tartibda yo‘naltirildi.
Qabul davomida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda!
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
