FUQAROLARNING MUROJAATLARI NAZORATGA OLINDI
2026-10-14 18:50:00 / Yangiliklar

FUQAROLARNING MUROJAATLARI NAZORATGA OLINDI
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Angren shahar hokimi hamda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari tomonidan har hafta shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan shaxsiy qabullar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Angren shahar hokimi o‘rinbosari Sardor Mirzamiddinov boshchiligida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar kadastr hujjatlarini olish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer maydoni ajratish masalalari yuzasidan murojaat qildilar.
Har bir murojaat atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
