“NURCHI” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-10-11 21:30:00 / Yangiliklar
“NURCHI” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xabar berganimizdek, Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Azimjon Mirxodjayev boshchiligida “Nurchi” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni joyida hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
Fuqarolar tomonidan, asosan, ko‘p qavatli turar joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini yanada kuchaytirish masalasi ko‘tarildi.
Mazkur yo‘nalishda bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I YouTube| 📱
