AYOL QADRI — MILLAT QADRI
2026-10-09 13:00:00 / Yangiliklar

AYOL QADRI — MILLAT QADRI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son hamda “2026-yilda Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-son qarorlarida mahallalarda xavfsiz va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash hamda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Angren shahrida “Ayol qadri — millat qadri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda spektakl namoyishi tashkil etildi.
Tadbirda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Muhammadali Abduqunduzov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida professor Muhammadali Abduqunduzov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Unda san’atning inson tarbiyasi, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va inson qadrini ulug‘lashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, shahar hokimi Alisher Rayimov tomonidan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va spektakl namoyishlarini tashkil etish bo‘yicha bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I YouTube| 📱
