ANGRENDA “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
2026-09-29 07:45:00 / Yangiliklar

ANGRENDA “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
Angren shahrida ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning sharafli mehnatini e’tirof etish, ularni kasb bayrami bilan muborakbod etish maqsadida “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Bayram tadbirida shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Mirzakарimov, ta’lim sohasi vakillari, maktab direktorlari, o‘qituvchi va murabbiylar hamda faxriy pedagoglar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etildi. So‘zga chiqqanlar ta’lim-tarbiya tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning jamiyat taraqqiyoti va yosh avlod kamolotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladilar.
Shahar hokimi Alisher Rayimov o‘z tabrigida ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnati, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etdi.
Shuningdek, pedagoglarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tiladi.Ustozlik — nafaqat bilim berish, balki inson qalbiga ezgulik, mehr, ishonch va katta maqsadlarni singdirishdek ulug‘ vazifadir.
Har bir shogirdning yutug‘i, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi ortida o‘zining beminnat mehnati, sabri va mehrini ayamagan ustozning mashaqqatli mehnati mujassam.
Bugungi kunda Angren shahrida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘quvchilarga yetkazish, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Ushbu jarayonda o‘qituvchi va murabbiylarning mas’uliyati hamda fidoyiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida ta’lim tizimida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘zining bilim va tajribasi, tashabbuskorligi hamda fidoyiligi bilan hamkasblari va shogirdlari orasida alohida hurmat qozongan pedagoglar e’tirof etildi.
Bayram munosabati bilan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar munosib taqdirlanib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Taqdirlash marosimi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbirda ustoz va murabbiylarning sharafli faoliyatiga bag‘ishlangan ezgu tilaklar yangradi. Bayramona kayfiyat, samimiy tabriklar va e’tirof etilgan mehnat sohiblariga bildirilgan hurmat tadbirning mazmunini yanada boyitdi.
Darhaqiqat, ustozga bo‘lgan hurmat — ilmga, ma’rifatga va kelajakka bo‘lgan hurmatdir.
Angren shahridagi barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ sana bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
