HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA
2026-09-24 15:35:00 / Yangiliklar

#shaxsiy_qabul
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Angren shahar hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan har hafta shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan shaxsiy qabullar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida tegishli mas’ullar hamda shahar hokimi o‘rinbosari Mavluda Abdurahmonova ishtirokida fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning jami 16 ta murojaati ko‘rib chiqildi.
Jumladan, ishga joylashtirish, kadastr, tibbiy yordam ko‘rsatish, nogironlikni belgilash, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va oqova suv tizimi hamda BSK faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.
Murojaatlarning 3 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan 13 ta murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarining har biri e’tibor bilan o‘rganilib, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
