MUROJAATLAR E’TIBOR VA NAZORATDA
2026-09-22 15:00:00 / Yangiliklar

#shaxsiy_qabul
MUROJAATLAR E’TIBOR VA NAZORATDA
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Angren shahar hokimi hamda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari tomonidan har hafta shahar Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan shaxsiy qabullar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi o‘rinbosarlari Sardor Mirzamiddinov va Mavluda Abdurahmonovalar tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning jami 7 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Xususan, bandlik, dori-darmon bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish, oilaviy nizo va sud-huquq hamda farzandining kontrakt to‘lovini to‘lashga ko‘maklashish, nogironlik toifasini belgilash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat tegishli tashkilotlarning mas’ullariga yo‘naltirilib, ularni qonun doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
