ANGRENDA 24/7 REJIMIDA FAOLIYAT YURITADIGAN KO‘CHA TASHKIL ETILMOQDA
2026-09-22 14:45:00 / Yangiliklar

ANGRENDA 24/7 REJIMIDA FAOLIYAT YURITADIGAN KO‘CHA TASHKIL ETILMOQDA
Angren shahrida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, dam olish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda “Zarbdor tajribasi” asosida 24/7 tizimi bo‘yicha zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda.
Xususan, “Istiqlol” mahallasi hududidagi “Lolazor” ko‘chasining 2,0 kilometr uzunlikdagi qismini 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ko‘chaga aylantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Angren shahrida tunu kun faoliyat yuritadigan ko‘chalar tashkil etilishi natijasida 15 ta yangi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasini ishga tushirish, shuningdek, 2 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyekti faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.
Mazkur ishlar aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududning jozibadorligini oshirish hamda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etishga xizmat qiladi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
