«Kelajak soati» mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2026-09-02 15:05:00 / Yangiliklar

«Kelajak soati» mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov «Kimyogar» mahallasida joylashgan 13-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan «Kelajak soati» mashg‘ulotlari jarayoni kuzatildi. Unda o‘quvchilarga Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova ham ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.
Suhbat davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim olishi, o‘z iqtidori va qobiliyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.Tadbir doirasida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘g‘il-qizlarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Maktabning 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Quvonch va hayajonga to‘la lahzalarda bolajonlarning yuzidagi tabassum, ota-onalarning mamnunligi tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
