Taraqqiyot mahallasida yangi qiyofa
2026-08-31 17:45:00 / Yangiliklar

Taraqqiyot mahallasida yangi qiyofa
Obod mahalla — obod ko‘cha — obod xonadon. Bugun bu mezonlar shunchaki shior emas, balki aholi turmush sharoitini yaxshilash, mahallalar qiyofasini zamonaviylashtirish va odamlar uchun munosib muhit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar mezoniga aylanmoqda.
Shu ma’noda, “Taraqqiyot” mahallasida joriy yilning yanvar–iyul oylarida amalga oshirilgan ishlar e’tiborga loyiq. Yangi O‘zbekiston qiyofasini mahalla hayotida namoyon etish maqsadida “Yo‘l xaritasi” asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Obodlik — ko‘z quvonchi
“Taraqqiyot” mahallasida 4 ta ko‘cha va 49 ta ko‘p qavatli uy mavjud. Ulardagi 2519 ta xonadonda 6100 nafar aholi istiqomat qiladi. Qisqa davr ichida mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida salmoqli ishlar bajarildi.
Ma’rifat va ma’naviyatga e’tibor
"Taraqqiyot" mahallasida nafaqat hudud balki ko‘ngil obodligini ta’minlashga ham e’tibor qaratilgan. Mahallada ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorlashdi.
Shu maqsadda hududda 110 ta ulug‘ allomalarga bag‘ishlangan stend o‘rnatildi. Aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga ham e'tibor qaratilgan.
Ushbu tashabbuslar mahallada nafaqat zamonaviy va chiroyli muhit, balki ma’naviy-ma’rifiy muhitni ham shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, aholi murojaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, xotin-qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni yanada keng targ‘ib qilish, tandir va o‘choqdan samarali foydalanish orqali yoshlar qalbiga milliy an’ana va urf-odatlarni singdirish, shuningdek, oshxona yumushlarida amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Milliy taomlar” tayyorlashga mo‘ljallangan zamonaviy maskan barpo etilib, aholi ixtiyoriga topshirildi.
Bugungi kunda ushbu maskan mahalladagi xotin-qizlarning sevimli va fayzli go‘shasiga aylanib ulgurdi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
