Angrenda 6,5 million dollarlik investisiya loyihasi ishga tushirildi
2026-08-31 17:40:00 / Yangiliklar

Angrenda 6,5 million dollarlik investisiya loyihasi ishga tushirildi
Angren shahrida sanoat salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investisiyalarni jalb etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida "Gʻafur Gʻulom" mahallasida 6,5 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya asosida alyuminiy profillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SEVEN GROUP” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Angren shahridagi sanoat hududida qad rostlagan zamonaviy korxonaning ochilish marosimi tantanali ruhda o‘tdi.
Unda shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i E. Karabayev boshchiligidagi nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan shahar hokimi Alisher Rayimov kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun Angrenda yaratilayotgan qulay sharoitlar xususida to‘xtaldi.
Xususan, mahalliy va xorijiy investorlar uchun yaratilgan infratuzilma, qulay investisiya muhiti hamda berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
