Angren shahrida issiqlik markazidan chiquvchi nuqtaga zamonaviy issiqlik energiyasi hisoblagichlari o‘rnatilmoqda.
2026-08-31 17:25:00 / Yangiliklar
Yangi hisoblagichlar orqali tarmoqqa uzatilayotgan issiqlik energiyasi hajmini aniq hisobga olish va asosiy texnik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

#kuz_qish_mavsumi
Angren shahrida issiqlik markazidan chiquvchi nuqtaga zamonaviy issiqlik energiyasi hisoblagichlari o‘rnatilmoqda.
Xabar berganimizdek, ushbu ishlar Koreya Respublikasining "HSCMT CO. LTD." kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yangi hisoblagichlar orqali tarmoqqa uzatilayotgan issiqlik energiyasi hajmini aniq hisobga olish va asosiy texnik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Bu esa issiqlik energiyasi sarfini aniq hisoblash, nazorat samaradorligini oshirish hamda issiqlik ta’minoti xizmatlarining sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
