Angrenda 6,5 million dollarlik investisiya loyihasi ishga tushirildi
2026-08-28 22:10:00 / Yangiliklar

Angrenda 6,5 million dollarlik investisiya loyihasi ishga tushirildi
Angren shahrida sanoat salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investisiyalarni jalb etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida "Gʻafur Gʻulom" mahallasida 6,5 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya asosida alyuminiy profillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SEVEN GROUP” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Angrenda sanoat hududida qad rostlagan zamonaviy korxonaning Yangi korxonaning ishga tushirilishi hudud iqtisodiyoti uchun yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Ilg‘or texnologiyalar asosida alyuminiy profillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan mazkur korxonada 100 nafardan ziyod fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanadi.
E’tiborlisi, ishlab chiqarish jarayonini zamonaviy dastgohlar orqali tashkil etish bilan bir qatorda, xodimlar uchun zarur mehnat va maishiy sharoitlar ham yaratilgan.
