MUSTAQILLIK SHUKUHI ANGRENDA
2026-08-27 08:35:00 / Yangiliklar

MUSTAQILLIK SHUKUHI ANGRENDA
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Angren markaziy stadionida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali ommaviy shahar tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Mustaqillik — xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng qutlug‘ bayram.
Zero, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik va yangilanishlar yurtimizning yangi taraqqiyot bosqichiga yuksalishiga zamin yaratdi.
Angrenda o‘tayotgan bugungi tantana ham ana shu ulug‘ sananing yuksak shodiyonaga aylangan ifodasidir.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiriga shahar ahli, mehnat jamoalari va keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurib, istiqlol ayyomini birgalikda nishonlamoqda.
Tantanali tadbirda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram dasturi ham mazmunan boy va rang-barang.
Sahnada Angren shahridagi badiiy jamoalar, iste’dodli yoshlar va havaskor xonandalarning chiqishlari namoyish etilmoqda.
Musiqa va raqslar, dilbar qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin!
