#Mustaqilligimizning_35_yilligi “Angren IES” AJda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
2026-08-25 00:25:00 / Yangiliklar
“Angren IES” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan korxona hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

#Mustaqilligimizning_35_yilligi
“Angren IES” AJda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
“Angren IES” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan korxona hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bayramni munosib kutib olish maqsadida korxona hududlari tartibga keltirilib, tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, yashil maydonlarni parvarishlash, mavjud daraxt va butalarni asrash, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, shuningdek, korxona hududining umumiy qiyofasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur obodonlashtirish ishlari korxona jamoasining hamjihatligi va faol ishtiroki asosida olib borilib, hududda yanada qulay, ozoda va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida izchil davom ettirilmoqda.
