Angrenda “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
2026-08-20 16:20:00 / Yangiliklar

Angrenda “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
Angren shahrida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bugun shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida DXX shahar bo‘limi boshlig‘i, shahar prokurori A.Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i A.Mirxodjayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Shomirzayev, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, maktab direktorlari, mahalla hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda shahar IIB Probatsiya guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.Angrenda yoshlar murojaatlari ham tinglandi
Angren shahridagi “Yoshlar bog‘i” ertalabdan gavjum bo‘ldi. Bu yerda boshlangan “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri doirasida fuqarolarning murojaatlari ham bevosita o‘rganildi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan probatsiya hisobidan chiqarish, ta’lim sohasida ish bilan ta’minlash, sanoat korxonalariga ishga joylashish, shuningdek, ko‘mir ishlab chiqarish yo‘nalishida kasb-hunar egallash uchun o‘quv markazlariga jalb qilish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan boshqa ijtimoiy masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha vazifalar mas’ullar zimmasiga yuklatildi. Angren shahridagi “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan uchrashuvda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari va umumta’lim maktablari, Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ham qatnashdilar.
Tadbirda shahar hokimi Alisher Rayimov so‘zga chiqib, yoshlarning murojaatlaridan kelib chiqib bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni o‘zlari tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Ayniqsa, ta’lim sohasida ish so‘rab murojaat qilayotgan yoshlar soni ortib borayotgani qayd etilib, ularning bandligini ta’minlash, bilim va salohiyatidan samarali foydalanish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yurtimiz hayotida yoshlarning tutgan o‘rni, ular uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan masalalar ham tinglanib, bildirilgan murojaatlar tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganilishi va ijobiy hal etilishi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
