Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori
2026-08-20 16:15:00 / Yangiliklar

#forum
Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori
Angren shahridagi “Kimyogar” MFY hududida joylashgan 13-umumta’lim maktabida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida Beshinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forumda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Mirzakarimov va apparat xodimlari, DXSH shoʻba mudiri Go'zal Mutalimova boshchiligidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda soha vakillari ishtirok etdi. Bugun Angren shahridagi “Kimyogar” MFY hududida joylashgan 13-umumta’lim maktabida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida Beshinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida 9 ta sho‘ba yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularda 200 nafardan ziyod pedagog ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy ta’lim tendensiyalari, ilg‘or pedagogik metodlar va samarali texnologiyalar muhokama qilinib, ustozlar o‘zaro tajriba va g‘oyalar almashdilar.
Forumning muhim jihatlaridan biri — ilg‘or tajribalarni nafaqat ishtirokchilar doirasida saqlab qolish, balki ularni kaskad usulida hududlardagi boshqa pedagoglarga ham yetkazish mexanizmi yo‘lga qo‘yilganidir. Bu esa forum doirasida shakllangan bilim va tajribalarni keng ommalashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi,
- dedi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Mirzakarimov. Tadbirda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish, shuningdek, yangi ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va rivojlantirish borasida namunali faoliyat olib borgan 15 nafar soha xodimi Angren shahar hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.Beshinchi “Ustozlar milliy forumi” ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, pedagoglar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvini kuchaytirish hamda sifatli ta’limni ta’minlash borasida muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
“Angren shahrida yangi o‘quv yili davomida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berishda pedagoglarning tajribasi, mahorati hamda mas’uliyati muhim o‘rin tutadi”,
— dedi shahar hokimi Alisher Rayimov.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov so‘zga chiqib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ustozlarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
