XALQARO HAMKORLIK SARI
2026-08-17 22:50:00 / Yangiliklar
Angren shahar 4-son texnikumi direktori N.Mirzayev boshchiligida texnikum mutaxassislari Rossiya Federatsiyasining “Tatneft” kompaniyasiga tashrif buyurdilar.

XALQARO HAMKORLIK SARI
Angren shahar 4-son texnikumi direktori N.Mirzayev boshchiligida texnikum mutaxassislari Rossiya Federatsiyasining “Tatneft” kompaniyasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, ilg‘or texnologiyalar, kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tajribalar o‘rganildi.
📚 Mazkur tashrif texnikumda ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐 Angren shahar 4-son texnikumi — zamonaviy ta’lim, amaliyot va xalqaro hamkorlik sari!
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
