SHAHAR HOKIMI SHAXSIY QABUL O‘TKAZDI
2026-08-13 16:10:00 / Yangiliklar

SHAHAR HOKIMI SHAXSIY QABUL O‘TKAZDI
Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining 2026 -yil 13- mart kuni “Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi Angren shahrida ta’minlanmoqda. Shu maqsadda Angren shahar hokimi va uning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada tasdiqlangan jadval asosida shahar Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun shahar hokimi Alisher Rayimovning shaxsiy qabuli tashkil etildi. Mazkur qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan va hududga oid ijtimoiy muammolar yuzasidan murojaat qildilar.
Shahar hokimining shaxsiy qabulida fuqarolar “24/7” BSK faoliyati, davlat xaridi va kadastr hujjati, bandlik, pasport olish va ro‘yxatga kiritish, farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish, kredit olish, turar-joy, ko‘mir yonilg‘isi ta’minoti, oilaviy munosabatlardagi muammolar yuzasidan murojaat qildilar. Bundan tashqari, “Gulbog‘” MFYda 3 ta xonadonga ichimlik suvi kiritish, “Karvon” MFYda avtomobillarni yuvish maskanida tartibsizlikka barham berish, fermer xo‘jaligida yer maydondan foydalanishda ijara shartnomasini uzaytirish kabi masalalar tegishli mas’ullar bilan joyida muhokama etildi va yechimi yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Har bir murojaat atroflicha muhokama etilib, ijrosi nazoratga olindi. Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan yangi loyihalar ham ko‘rib chiqildi va shahar hokimi tomonidan zarur taklif, tavsiyalar berildi. Shuningdek, ish so‘rab murojaat qilgan bir nafar fuqaro mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim sohasiga yo‘naltirildi.
Shahar hokimining shaxsiy qabulida shahar hokimining o‘rinbosari M.Abduraxmonova hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
