📣 SAYYOR QABUL
2026-08-12 12:00:00 / Yangiliklar

📣 SAYYOR QABUL
Toshkent viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan aholini qiynayotgann muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Hududiy inspeksiya rahbariyatining navbatdagi sayyor qabul tashkil etilmoqda.
Mazkur uchrashuvda qurilish sohasidagi litsenziya va ruxsatnomalar, ob’ektlarda davlat nazoratini amalga oshirish tartibi hamda fuqarolarimizni qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan bevosita muloqot o‘tkaziladi.
🗓 Sana: 13.08.2026
🕙 Vaqti: Soat 11:00
📍Manzil: Angren erkin iqtisodiy zona direksiyasi binosi majlislar zali
Ma'lumot uchun: Jaxongir Eshonqulov +998951071000
Barcha fuqarolarni sayyor qabulga taklif etamiz. Savollaringiz va takliflaringiz bilan ishtirok etib, soha rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing.
👮 Toshkent viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati.
