📢 SAYYOR QABUL: FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA
2026-08-08 16:10:00 / Yangiliklar

📢 SAYYOR QABUL:
FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA
Bugun, Angren shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan Angren shahridagi Istiqlol MFY binosida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya sohasiga oid murojaatlari, muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan nafaqa va moddiy yordam, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, ijtimoiy ko‘mak hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi hamda masalalarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot — muammolarni o‘rganish, ularni hal etish va manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning muhim vositasidir.
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
