Tadbirkor huquqi — jamiyat taraqqiyoti kafolati
2026-08-07 21:20:00 / Yangiliklar

Tadbirkor huquqi — jamiyat taraqqiyoti kafolati
Angren shahrining "Yoshlik" mahallasida shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida shahar prokurori Allayor Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bekzod Shomirzayev, shuningdek, kommunal korxonalar va banklar rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabuldan so‘ng hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida "Tadbirkorlar bilan uchrashuv" tashkil etildi.
Ochiq muloqot davomida shahar hokimi Alisher Rayimov hamda shahar prokurori Allayor Xayriddinov Angren shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, biznes yuritish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, mahalliy va xorijiy investorlar uchun shakllantirilgan qulay investisiya muhiti haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar tinglanib, ularning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
👉Batafsil
✍️ Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
