📢 ANGREN SHAHAR BITIRUVCHILARI VA OTA-ONALARI DIQQATIGA!
2026-08-02 22:15:00 / Yangiliklar

📢 ANGREN SHAHAR BITIRUVCHILARI VA OTA-ONALARI DIQQATIGA!
🎓 Farzandingiz imtihonda kerakli ballni to‘pladi, ammo qaysi oliy ta’lim muassasasi yoki qaysi ta’lim yo‘nalishini tanlashni bilmayapsizmi?
Siz uchun oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha bepul maslahat hamda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
📅 Sana: 2026-yil 3-avgust
⏰ Vaqti: 09:00 dan 21:00 gacha
📍 Manzil: Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosi, 4-qavat
Hurmatli ota-onalar va bitiruvchilar!
Farzandingizning kelajagi uchun eng to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishda sizga yaqindan ko‘mak berishga tayyormiz.
🎓 To‘g‘ri tanlov — porloq kelajak sari ishonchli qadam!
Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
