Rasmiy munosabat
2026-08-01 14:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

🔴Rasmiy munosabat
✅Ijtimoiy tarmoqlarda
“Yangiobodda qurilish chiqindilari tog’ yonbag’irlariga tashlanmoqda”mazmunidagi xabar bo’yicha Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi Angren shahar bo’limi tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.
🙂Angren shahar Yangiobod MFY hududiga belgilanmagan joyga “Ch.Q”xususiy korxonasi ish jarayonida xosil bo’lgan chiqindilarni “ISUZU“ rusumli davlat raqami 90 358 QAA bo’lgan avtotransport vositasida olib kelib to’kayotgani aniqlandi.
🙂Ekopolitsiya xodimlari “Ch.Q” xususiy korxona rahbari Y.M ga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
🙂Shuningdek, avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi. Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) so’rovnoma yuborildi.
🙂Eslatma:O’z o’rnida atrof-muhit muhofazasiga befarq bo’lmagan yurtdoshlarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
