"Lashkerak" mahallasida sayyor qabul: aholi murojaatlari eshitildi va amaliy choralar belgilandi
2026-07-21 23:10:00 / Yangiliklar

"Lashkerak" mahallasida sayyor qabul: aholi murojaatlari eshitildi va amaliy choralar belgilandi
Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Angren shahrida aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, turmush sifatini oshirish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda shaharning turli hududlarida sayyor qabullar va fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilmoqda.
Aholi tomonidan asosan mahallaga jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish, tog‘li hududdagi chorva mollarini veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va suv ta’minotini yaxshilash, elektr ta’minotini barqarorlashtirish, transformatorni ta’mirlash, maishiy chiqindilarn
Muloqot davomida har bir masala yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Xususan, tog‘li hududga jamoat transportini yo‘lga qo‘yish masalasida amaldagi yo‘l harakati xavfsizligi talablari tushuntirilib, mavjud transport imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mahalladagi chorva mollarini veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish ishlari belgilandi. Aholiga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha qurilish ishlari boshlangani haqida ma’lumot berildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash yuzasidan Angren shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga tegishli vazifalar yuklatildi. Maishiy chiqindilarni muntazam olib chiqish masalasi ham o‘z yechimini topdi.
Bundan tashqari, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar muammolarini o‘rganish bo‘yicha ham mas’ullarga qator topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida nazoratga olindi.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Angren shahri markazidan ancha olisda, tog‘li hududda joylashgan "Lashkerak" mahallasida o‘tkazildi.
Sayyor qabulda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, shahar hokimining o‘rinbosarlari Azizbek Parpiyev va Mavluda Abduraxmonova, Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ziyodilla Xodjimatov, shahar Kengashi deputati Qudrat Karimov, shuningdek, hokimlik apparati, kommunal soha korxonalari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mahalla ahlini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
