RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-07-21 23:05:00 / Majlislar

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Angren shahridagi 42219-harbiy qismda Angren shahar hokimi A. Rayimov, shahar prokurori A. Xayriddinov hamda Davlat xavfsizlik xizmati Angren shahar bo‘limi boshlig‘i boshchiligida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda "Jasorat maktabi" tarbiyalanuvchilari ham faol ishtirok etib, rahbarlar bilan ochiq muloqot qilish, o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish, bandligini ta'minlash hamda kelgusidagi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning murojaat va takliflarini ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.
🇺🇿 Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajakka ishonch va taraqqiyot sari muhim qadam!
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
