“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida
2026-07-14 19:30:00 / Yangiliklar
Mazkur tadbirlar o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda sog‘lom va faol turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi,
- dedi maktab direktori Zebo Makkamova

#Dolzarb90kun #Angren
Angren shahar 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mazmunli va qiziqarli tadbirlar tashkil etildi.
8–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “2026 – Dolzarb 90 kun” kubogi uchun voleybol musobaqasi o‘tkazilib, yoshlar sport orqali sog‘lom turmush tarziga, jamoaviylik va do‘stlik ruhiga chorlandi.
Shuningdek, 2–7-sinf o‘quvchilari uchun “Musiqiy kecha & Muzqaymoq party” tashkil etilib, bolajonlar kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli chiqishlar va quvnoq dam olish onlarini muzqaymoq bilan yanada shodiyonaga aylantirdilar.
Mazkur tadbirlar o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda sog‘lom va faol turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi,
- dedi maktab direktori Zebo Makkamova
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
