Festival doirasida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” loyihasi tashkil etildi.
2026-07-14 19:05:00 / Yangiliklar

Angren shahrida “Mustaqillik to‘yi” festivali yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
Angren shahrining “Taraqqiyot” mahallasida joylashgan “Delfin” yopiq suzish havzasida davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirga aylandi.
Festival doirasida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” loyihasi tashkil etildi.
Angren shahrida “Mustaqillik to‘yi” festivali “Taraqqiyot” mahallasida “Delfin” yopiq suzish havzasida bo‘ldi.
Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivalida
shahar Respublika ishchi guruhi masʼuli, DXX bo‘limi boshlig‘i, shahar prokurori A.Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i A.Mirxodjayev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Shomirzayev, shahar hokimining o‘rinbosarlari A.Parpiyev va M.Abduraxmonova, harbiy qism mas’ullari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi rahbari A.Shaxanov, shahar Madaniyat bo‘limi boshlig‘i R.Qodirxonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir N.Dushayev, faol nuroniylardan T.Oripov, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i E. Karabayev, “Oqila ayollar harakati” va “Buvijonlar maktabi” rahbarlari hamda a’zolari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi va mahalla xotin-qizlar faollari, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi xodimlari, mahalla yetakchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Milliy qadriyatlar va hunarmandchilik an’analarini o‘zida aks ettirgan ko‘rgazmalar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, madaniy-badiiy dasturlar, qiziqarli chiqishlar hamda ko‘ngilochar tadbirlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
“Mustaqillik to‘yi” festivali yurtga muhabbat, milliy g‘urur va birdamlik g‘oyalarini keng targ‘ib etuvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir sifatida ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
