Angren shahar hokimi Alisher Rayimov raisligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.
2026-07-14 15:15:00 / Yangiliklar

Angren shahar hokimi Alisher Rayimov raisligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari, shahar prokurori A. Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i A. Mirxodjayev, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va kommunal korxonalar rahbarlari, umumta’lim maktablari direktorlari hamda mahalla raislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu g‘oyasi ostida bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, Angren shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash hamda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mahallalarni obodonlashtirish, aholi qalbiga bayram shukuhini singdirish, bayram tadbirlarini yuksak saviyada tashkil etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
