Osoyishtalikni saqlash – har birimizning burchimiz!
2026-07-11 23:15:00 / Yangiliklar

Osoyishtalikni saqlash – har birimizning burchimiz!
Ma’lumki, joriy yilning 1 iyuldan 31 iyulga qadar mamlakatimiz hududida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan Angren shahrida ham mazkur oylikni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolar uchun tinch va osoyishta hayot sharoitlarini yanada yaxshilashdan iborat.
Shu munosabat bilan Angren shahrida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi doirasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov ishtirok etdi va soʼzga chiqdi.
Tadbirda 2-mintaqaviy hudud sohaviy xizmat boshlig‘i, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjayevlar "Xavfziz va sog‘lom yurt oyligi"ning maqsadi va olib boriladigan tezkor profilaktik tadbirlarni samarali o‘tkazish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdilar.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
