Mahallada sayyor qabul
2026-07-11 16:15:00 / Majlislar

Mahallada sayyor qabul
"Ayol qadri ulug‘langan yurt" tamoyili asosida Angren shahrining MAYDON mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.A.Abduraxmonova, mahalla yettiligi a’zolari va oqila ayollar ishtirok etdilar.
Qabul davomida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar asosan oilaviy kelishmovchilik va kasb-hunarga oʻqishhamda huquqiy maslahat masalalariga oid bo‘ldi.
Sayyor qabul davomida jami 8 ta murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, oilaviy nizo mavjud bo‘lgan fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi va bir nafar oila yarashtirildi.
Bunday sayyor qabullar mahallalarda muntazam ravishda davom ettiriladi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
