"Korrupsiya - jamiyat kushandasi"
2026-06-26 13:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Angren shahar hokimining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulshoda Shaxonovaning "Korrupsiya - jamiyat kushandasi" mavzuusida nutqi
Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning umumiy vazifamiz
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida korrupsiya holatlariga oid turli xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan ta’kidlaymizki, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, qonun ustuvorligini ta’minlash va ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillarini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tashkilotimiz faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy amal qilinishi ta’minlanadi. Korrupsiyaga oid har qanday murojaat yoki axborot belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.
Fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka, rasmiy manbalarga tayanishga hamda korrupsiya holatlari yuzasidan vakolatli organlarga yoki tashkilotning rasmiy murojaat kanallari orqali xabar berishga chaqiramiz.
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish — barchamizning fuqarolik burchimizdir.
Matbuot xizmati
