Angren shahrida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan rahbarlar va yoshlar uchrashuvi
2026-07-09 12:25:00 / Yangiliklar

Angren shahrida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Uchrashuvda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida atroflicha to‘xtaldi.
Shuningdek, yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
