"Navro‘z" MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-01 13:40:00 / Yangiliklar

"Navro‘z" MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan quyidagi masalalarga oid bo‘ldi:
bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar olish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tish hamda davolanish uchun yo‘llanmalar ajratish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish;
oilaviy munosabatlar, huquqiy maslahatlar va ajrimlarning oldini olish masalalari.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 9 ta murojaatning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ayol sog‘lom va baxtli bo‘lsa — jamiyat barqaror va farovon bo‘ladi!
Shu maqsadda bunday sayyor qabullar mahallalarda muntazam ravishda tashkil etiladi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
