Fuqarolar murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi
2026-06-19 11:20:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida shahar hokimining o‘rinbosari Mavduda Abduraxmonova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar, bandlik, uy-joy va boshqa yo‘nalishlardagi muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatchilarning har biri tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Bunday qabullar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
