ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlar keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
2026-06-18 12:15:00 / Yangiliklar

🇺🇿 Angren shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
“Yoshlar oyligi” doirasida Angren shahrida yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlar keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Angren shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Unda Angren shahar 1-sonli texnikumi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etib, shahar IIB ma’muriy binosi, muzey hamda Xotira maydoni faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida shahar IIB masʼullari yoshlar bilan uchrashib, ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada xizmat qilishning yuksak mas’uliyati va sharafi haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, ishtirokchilar muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, xizmat faoliyatiga oid hujjatlar va materiallar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌐Sayt I 💬Telegram I Facebook 📱I Youtub| 📱
