Angren shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda
2026-06-18 14:10:00 / Yangiliklar

Angren shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda
Bugun, haftaning payshanba kuni, “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Angren shahrida qator madaniy-ma’rifiy, sport va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, shahar IIB boshlig‘i Azimjon Mirxodjayev hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i Elyor Uralov ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildi va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
"Yangi Angren" madaniyat va sport majmuasida tashkil etilgan tadbirlar doirasida yoshlar uchun turli loyihalar, sport musobaqalari, ko‘rgazmalar hamda madaniy dasturlar namoyish etildi.
Shuningdek, iqtidorli va faol yoshlarni rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini e’tirof etishga qaratilgan tadbirlar ham o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Аngren shahar hokimligi Axborot xizmati
