Angrenda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxona faoliyati o‘rganildi
2026-06-15 18:50:00 / Yangiliklar

Angrenda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxona faoliyati o‘rganildi
Bugun Angren shahri hokimi Alisher Rayimov hamda hokim o‘rinbosari Jasur Zayniddinov O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida tashkil etilgan “Davtred 5” MCHJ qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur loyiha ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqichda korxonada yillik quvvati 2500 kvadrat metr bo‘lgan kabel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ikkinchi bosqichda esa transformatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan.
O‘rganish davomida shahar hokimi korxona mas’ullari bidan muloqotda bo‘ldi.
Korxonada yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot sifati va mehnat faoliyati tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, jami 50 ta yangi ish o‘rni yaratgan korxonaning bugungi faoliyati, kelgusidagi rejalari hamda mavjud muammolari muhokama qilindi.
O‘zaro muloqotda ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish va investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
