Angren shahrida yangi investisiya loyihalari muhokama qilindi
2026-06-15 10:50:00 / Yangiliklar

#hamkorlik
Angren shahrida yangi investisiya loyihalari muhokama qilindi
Angren shahrida sanoat ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan shahar hokimi Alisher Rayimov Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalari vakillari hamda ishbilarmon doiralar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Angren shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli investisiya loyihalari muhokama qilinib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Mazkur muloqotda shahar hokimining o‘rinbosari J.Zayniddinov ham ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
