Angrenlik o‘quvchi viloyat bosqichida uch karra g‘olib bo‘ldi!
2026-06-09 11:05:00 / Yangiliklar

Angrenlik o‘quvchi viloyat bosqichida uch karra g‘olib bo‘ldi!
Ma’lumki, “Prezident olimpiadasi” doirasida hududiy musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqaning Toshkent viloyati bosqichida
Angren shahar 34-maktab-internati o‘quvchisi Samir Abdullin para yengil atletika sport turining 3 ta yo‘nalishida ishtirok etib, barchasida yuksak mahorat namoyon qildi hamda uchala yo‘nalish bo‘yicha ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Natijada Angren shahri vakili yosh sportchi Samir Abdullin "Prezident olimpiadasi" musobaqasida ishtirok etdi.
Mazkur muvaffaqiyatga murabbiy Sherzod Koshov rahbarligida olib borilgan tizimli va puxta tayyorgarlik natijasida erishildi.
Samir Abdullin va uning murabbiysini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🏆🇺🇿Angren yoshlari — Yangi O‘zbekistonning faxri!
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
