Angren shahrining tashkil etilgan sana munosabati bilan
2026-06-09 09:55:00 / Yangiliklar

#grant
#tuhfa
Angren shahrining tashkil etilgan sana munosabati bilan
Angren shahar hokimligi hamda “BILIM ZIYO” o’quv markazi hamkorlikda shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining farzandlari uchun e’lon qilingan GRANT loyihasi start oldi.
Ushbu grant dasturiga ko’ra o’quvchi yoshlar 3 oy yoz davomida “Bilim Ziyo” o’quv markazida INGLIZ TILINI bepul o’rganish imkoniyatini qo’lga kiritishadi.
“Bilim Ziyo” o’quv markazi asoschisi Abror Nazirov o’quvchilarning ota-onalari bilan muloqot tashkil qilib ulardan shaxsiy nazorat talab qilinishi hamda farzandlari grant dasturini yakunlagach navbatdagi bosqichlar bilan tanishtirib o’tdi.
Hozirda 22 nafar o’quvchilarga haftasiga 3 marotabadan malakali ustozlar tomonidan darslar o’tilmoqda.
📍"BILIM ZIYO" o'quv markazi. Angren sh. Navoiy-131. "Baraka Ustoz" yonida
📞+998783333773
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
