⚡️ Angren shahar IIB boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-06-07 11:25:00 / Yangiliklar

⚡️ Angren shahar IIB boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi
Joriy yilning 7-iyun kuni Angren shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik A.M.Mirxodjayev tomonidan Angren shahrining “Ozodlik” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Shuningdek, murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud masalalarni hal etishning qonuniy mexanizmlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Sayyor qabul davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, aholi osoyishtaligini mustahkamlash hamda mahallalardagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan mas’ul xizmatlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning qonuniy, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash IIB rahbariyatining alohida nazoratiga olindi.
